Turkiyaning sitrus mahsulotlari eksportida ortish qayd etildi

Egey Eksportchilar uyushmalari tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, o‘tgan 2023 - yili sitrus mahsulotlari eksporti 2022 – yilga nisbatan 23 foizga oshdi.

2106235
Turkiyaning sitrus mahsulotlari eksportida ortish qayd etildi

Turkiyaning sitrus mahsulotlari eksporti daromadi 2023 – yili 1 milliard dollardan oshdi.

Egey Eksportchilar uyushmalari tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, o‘tgan 2023 - yili sitrus mahsulotlari eksporti 2022 – yilga nisbatan 23 foizga oshdi.

Egey yangi meva - sabzavot eksportchilari uyushmasi rahbari Hayrettin Uchak, Turkiyaning 2023 - yili 3 milliard 491 million dollarlik yangi meva va sabzavot eksport qilganini ma’lum qildi.

Unda Rossiya Federatsiyasiga 428 million dollarlik sitrus mevalari sotilganiga e’tibor qaratgan Uchak, Iroqqa 181,5 million dollarlik, Ukrainaga esa 101 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #sitrus mahsulotlari , #eksport

Aloqador xabarlar