Istanbul “eng ko‘p mehmon kuzatgan shahar” deb topildi

Istanbul o‘tgan yili “eng ko‘p mehmon kuzatgan shahar” deb topildi.

2107106
Istanbul “eng ko‘p mehmon kuzatgan shahar” deb topildi
istanbul.jpg
istanbul.jpg
istanbul.jpg
istanbul.jpg

O‘tgan 2023 - yili eng ko‘p mehmon kuzatgan shahar Istanbul bo‘ldi.  

Markazi Londonda joylashgan «Euromonitor International» tadqiqot shirkati tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, Istanbul shahri 2023 - yili chet eldan kelgan 20 million 200 ming mehmonni kuzatish orqali bu borada birinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yili Istanbuldagi sayyohlar sonida 2022 - yilga nisbatan 26 foiz ortish qayd etilgani aniqlandi.

Istanbulning ob - havosi, tarixiy joylari, oshxonasi, ajoyib Bosfor bo‘g‘ozi, turk xalqining yordam berishni yaxshi ko‘rgan jihati va muzeylarda yo‘lga qo‘yilayotgan texnologiya sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

Britaniya poytaxti London esa 18 million 800 ming mehmon kuzatishi orqali hisobotda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri esa, 16 million 800 ming mehmonni kuzatish orqali ro‘yxatning uchinchi qatoriga kiritildi.



Aloqador xabarlar