Antaliya 2024 - yilni rekord bilan boshladi
Antaliya 2024 - yilni chet ellik sayyohlar soni jihatidan rekord bilan boshladi.
Dunyoning eng muhim turizm shaharlaridan biri boʻlgan Antaliyada 2024 - yilning yanvar oyida chet ellik sayyohlar soni boʻyicha yangi rekord qayd etildi.
Madaniyat va turizm viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 2023 - yilning yanvar oyiga nisbatan 4,1 foizga ortib, 229 ming 97 kishini tashkil etdi.
Bu davrda Antaliyaga eng koʻp rossiyalik sayyohlar kelgan. Rossiyadan keyin Germaniya, Angliya, Polsha, Ukraina, Qozogʻiston, Niderlandiya, Eron, Belgiya, Qirgʻiziston, Fransiya, Avstriya va Shvetsiyadan sayyohlar kelgani ma’lum boʻldi.
Aloqador xabarlar
Marmarisga qariyb 3000 kishilik kruiz kemasi keldi
Turkiyaning Mugʻla viloyatiga qarashli Marmaris tumaniga qariyb 3000 kishilik kruiz kemasi keldi.