O‘tgan yili Turkiyaning asal eksportida ortish kuzatildi

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi: Turkiya asal ishlab chiqarishda Xitoydan keyin ikkinchi, eksportda esa toʻqqizinchi oʻrinni egallaydi.

2095333
O‘tgan yili Turkiyaning asal eksportida ortish kuzatildi

Turkiya o‘tgan yili asal eksportidan taxminan 32 million dollar daromad oldi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi maʼlumotlariga koʻra dunyoda asal ishlab chiqarishda Xitoydan keyin ikkinchi, eksportda esa toʻqqizinchi oʻrinni egallagan Turkiya 2023 - yili 9 ming 383 tonna asal eksport qildi.

Nomi tilga olingan eksportdan 31 million 907 ming 291 dollar foyda ko‘rildi. Dunyoning 59 davlatiga yo‘lga qo‘yilgan eksport ustidan eng ko‘p Amerika Qo‘shma Shtatlari (12 million 461 ming 373 dollar), Germaniya (4 million 881 ming 378 dollar) va Isroilga (3 million 683 ming 977 dollar) asal sotildi.

O‘tgan 2023 - yili 2022 - yildan farqli o‘laroq Albaniya, Xorvatiya, Shvetsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Keniya, Jibuti, Malta, Janubiy Koreya, Suriya, O‘zbekiston va Kamerunga ham asal sotildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #asal ishlab chiqarish , #eksport

Aloqador xabarlar