O'tgan yili Antaliyaga 16 million 84 ming 737 nafar sayyoh keldi

Dunyoning turizm markazlaridan biri bo'lgan Antaliya o'tgan yili turizm bo'yicha rekordini yangiladi.

2086205
O'tgan yili Antaliyaga 16 million 84 ming 737 nafar sayyoh keldi

 

2023-yilda Antaliyaga havo yo'li orqali 16 million 84 ming 737 sayyoh keldi.

Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi ma'lum qildi.

Bayonotga ko'ra, dunyoning sevimli turizm markazlaridan biri bo'lgan Antaliya o'tgan yili turizm bo'yicha barcha davrlarning rekordini yangiladi.

2023-yilda Antaliyaga xalqaro reyslardan 15 million 689 ming 258 sayyoh, turli aeroportlardan transferlar bilan 395 ming 479 yo‘lovchi keldi.

Natijada 2023-yilda Antaliyaga havo orqali kelgan sayyohlar soni 16 million 84 ming 737 nafarni tashkil qilgan.

Mamlakatlarga alohida nazar tashlaydigan bo'lsak, Antaliyaga eng ko'p sayyoh yuborgan davlat Rossiya bo'ldi.

Rossiyadan keyingi o'rinni Germaniya, Britaniya, Polsha, Niderlandiya, Qozog‘iston, Ruminiya, Chexiya, Isroil va Ukraina egalladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm , #Antaliya

Aloqador xabarlar