Turkiyaning mashina eksportida o‘sish qayd etildi

Turkiyaning mashina eksportida 11 oyda o‘sish qayd etildi.

2079037
Turkiyaning mashina eksportida o‘sish qayd etildi

Turkiyaning mashina eksporti joriy yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar 25,8 milliard dollarga yetdi.

Mashina Eksport qiluvchilar uyushmasi (MAIB) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Turkiyaning erkin zonalar bilan bir qatorda jami mashina eksporti, joriy yilning 11 oyida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 8,5 foiz ortib, daromadi 25,8 milliard dollarga yetdi.

Tarmoqning Germaniya, Rossiya, AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya kabi 7 ta davlat bozoriga bo‘lgan savdosi 17 foizga ko‘payar ekan, undan qo‘lga kiritilgan daromad 10 milliard dollardan ortiq deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar