Qatar G‘azoga insonparvarlik yordami yubordi

Qatar G‘azo sektoriga yetkazib berish maqsadida Misrga 116 tonna insonparvarlik yordami yuklangan 3 ta samolyot yubordi.

2075023
Qatar G‘azoga insonparvarlik yordami yubordi

Qatar Isroil blokadasida shiddatli bombardimon ostida qolgan G‘azo sektoriga yetkazib berish maqsadida Misrga 116 tonna insonparvarlik yordami yuklangan 3 ta samolyot yubordi.

Qatar Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Unda, G‘azo sektoridagi Falastin xalqiga insonparvarlik yordami olib ketayotgan Qatar Qurolli kuchlariga oid 3 ta samolyot Misrning al - Arish shahriga yuborilgani qayd etildi.

Jami 116 tonna insonparvarlik yordami olib ketayotgan samolyotlarda oziq - ovqat, dori -darmon va boshpana uchun zarur ashyolar borligi ifoda etildi.

Qatar, 9 - noyabr kuni ham Misrga G‘azo uchun 180 tonnalik insonparvarlik yordami yuklangan 4 ta samolyotni yuborgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #G‘azo , #insonparvarlik yordami

Aloqador xabarlar