Turkiya findiq eksportidan 572 million dollardan ortiq daromad oldi

Turkiya findiq eksportidan uch oyda 572 million dollardan ortiq daromad oldi.

2072930
Turkiya findiq eksportidan 572 million dollardan ortiq daromad oldi

Turkiya, 2023 - 2024 yilgi findiq eksporti mavsumining uch oylik davrida 572 million dollardan ortiq daromad oldi.

Qora dengiz yongʻoq va mahsulotlari eksportchilari uyushmasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, 1 - sentabrda boshlangan 2023 - 2024 eksport mavsumining, ortda qolgan uch oyi haqida ma’lumot berildi.

Unda, 1 - sentabrdan 30 - noyabrgacha 572 million 881 ming 387 dollarlik 83 ming 650 tonna findiq sotilgani, oʻtgan mavsumning ayni davrida esa 95 ming 474 tonna findiq eksport qilingani va undan 536 million 339 ming 147 dollar daromad olingani qayd etildi.



Aloqador xabarlar