Bo‘lat: Respublika tarixining eng yuqori sentabr oyi eksportiga erishildi

O‘mer Bo‘lat Turkiya Eksportchilar Assambleyasi tomonidan Uludag‘ eksportchilar uyushmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda, sentabr oyi tashqi savdo raqamlariga to‘xtaldi.

2046206
Bo‘lat: Respublika tarixining eng yuqori sentabr oyi eksportiga erishildi

Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, Respublika tarixining eng yuqori sentabr oyi eksportiga erishilganini ma’lum qildi.

O‘mer Bo‘lat Turkiya Eksportchilar Assambleyasi tomonidan Uludag‘ eksportchilar uyushmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda, sentabr oyi tashqi savdo raqamlariga to‘xtaldi.

Eksport sentabr oyida yillik 0,3 foizga ortib, 22 milliard 670 million dollarga yetganini bildirgan Bo‘lat:

“Respublikamiz tarixidagi eng yuqori sentabr eksportiga erishdik. Sizni tabriklaymiz. Iyul oyidagi eksport ko‘rsatkichimiz (20,3 milliard dollar) ham respublika tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich edi. Avgust oyida (21,6 milliard dollar) ham respublikamiz tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich qo‘lga kiritildi”. – deya gapirdi.

Uch oydan beri eksportning doimiy ravishda ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Bo‘lat, buning muhim muvaffaqiyat ekanini qayd etib:

“Dunyo konyukturasi va Turkiyadagi ba’zi tabiiy ofatlarning salbiy ta’siriga qaramay, bundan juda mamnunmiz”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar