Turkiya avgust oyida 21,6 mlrd dollarlik eksport ko'rsatgichiga erishdi

Bu haqda Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

2032667
Turkiya avgust oyida 21,6 mlrd dollarlik eksport ko'rsatgichiga erishdi

 

Eksportda 21,6 milliard dollar bilan avgust oyining eng yuqori ko'rsatgichiga erishildi.

Bu haqda Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

U zilzila falokati va global iqtisodiyotdagi inqirozga qaramay, eksport mustahkamligicha davom etganini bildirdi.

"Avgust oyida eksportimiz 1,6 foiz ortib, 21 milliard 619 million dollarga yetdi. Shunday qilib, avgust oyida eng yuqori eksport qiymatiga erishdik" deydi u.

Savdo vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, avgust oyi holatiga ko'ra, oxirgi 12 oylik eksport hajmi 1,2 foiz ortib, 253 milliard 574 million dollarga yetganligi ma'lum qilindi.

U Turkiya ikkinchi chorakda mahsulot eksportini oshirgan G20 davlatlaridan biri ekanligiga diqqat qaratib, Turkiya ikkinchi chorakda eksportini 2,3 foiz ortish bilan Fransiyadan keyin ikkinchi o'ringa ko'tarilganini aytdi.

Avgust oyida eng yuqori eksport hajmiga ega bo'lgan davlat 1 milliard 783 million dollar bilan Germaniya bo'ldi. Bu davlatdan keyin 1 milliard 322 million dollar bilan AQSh va 1 milliard 91 million dollar bilan Iroq joy oldi.

Avgust oyida eng ko'p eksport qilgan davlatlar 8 milliard 520 million dollar bilan Yevropa Ittifoqi, 3 milliard 814 million dollar bilan Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari va 3 milliard 463 million dollar bilan boshqa Yevropa davlatlari bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar