Moody's Turkiya iqtisodiyotining o'sish prognozini 4,2 foizga ko'tardi

Moody's 2023-2024 yilgi Global makro istiqbollari bo'yicha hisobotining avgust sonini e'lon qildi.

2031663
Moody's Turkiya iqtisodiyotining o'sish prognozini 4,2 foizga ko'tardi

 

Xalqaro kredit reyting agentligi Moody's Turkiya iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozini 2,6 foizdan 4,2 foizga, kelasi yil uchun esa 2 foizdan 3 foizga ko'tardi.

Moody's 2023-2024 yilgi Global makro istiqbollari bo'yicha hisobotining avgust sonini e'lon qildi.

Hisobotda Turkiya iqtisodiyotining bu yil 4,2 foiz, kelasi yili esa 3 foiz o'sishi kutilayotgani ma'lum qilindi.

Moody's, may oyida e'lon qilgan taxminlarida Turkiya iqtisodiyotining bu yil 2,6 foiz, kelasi yil esa 2 foiz o'sishini bashorat qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Moody's

Aloqador xabarlar