Antaliyadagi ikkita aeroportda xalqaro yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord qayd etildi

Antaliya aeroporti 15-iyul, haftaning shanba kuni 207 ming 84 nafar yo‘lochiga quchoq ochish orqali yo‘lovchi tashish borasida rekord o‘rnatgandi.

2018192
Antaliyadagi ikkita aeroportda xalqaro yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord qayd etildi

Tunov kuni Antaliyadagi ikkita aeroportga xorijdan jami 100 ming 40 kishi keldi ve bu orqali xalqaro yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord qayd etildi.

Shahar hokimi Ersin Yaziji, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu haqida:

“29-iyul, haftaning shanba kuni faqatgina xalqaro yo‘nalishlardan kelgan yo‘lovchilar soni Antaliya aeroportida 99 ming 10 kishiga, Gazipasha aeroportida esa 1030 nafarga yetdi. Antaliyamiz rekordlarni yangilashni davom etmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Antaliya aeroporti 15-iyul, haftaning shanba kuni 207 ming 84 nafar (ulardan 97 ming 900 nafari xalqaro yo‘lovchi bo‘lgan) yo‘lochiga quchoq ochish orqali yo‘lovchi tashish borasida rekord o‘rnatgandi.



Aloqador xabarlar