Turkiya bu yil O‘zbekistonga ham asal eksport qildi

Turkiya 2023-yilning ilk 6 oyida dunyoning 46 davlatiga asal eksport qildi.

2016449
Turkiya bu yil O‘zbekistonga ham asal eksport qildi

Turk asali yilning birinchi yarmida dunyoning 46 davlatiga eksport qilindi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, asalarichilik uchun qulay iqlimga ega bo‘lgan Turkiyaning 6 oylik asal eksporti, 5 ming 119 tonna deb qayd etildi.  Ushbu eksportdan esa 16 million 804 ming 88 dollar daromad olindi.

Yuqorida nomi tilga olingan davrda turk asali dunyoning 46 ta davlatga, xususan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Germaniya va Isroilga sotildi.

Joriy yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davr mobaynida AQShga 7 million 220 ming 617 dollar, Germaniyaga 2 million 347 ming 366 dollar, Isroilga 1 million 923 ming 859 dollarlik asal eksport qilindi.

O‘tgan yilning shu davridan farqli o‘laroq bu yilgi davrda asal Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Venesuela, Shvetsiya, O‘zbekiston va Kamerunga sotilgan.



Aloqador xabarlar