Rossiya ayrim mamlakatlardan bazi mahsulotlar importini taqiqladi
Rossiya do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlardan bazi mahsulotlar importini taqiqladi.
Rossiya, do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlardan tayyor baliq va dengiz mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.
Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, G‘arb davlatlarining sanksiyalariga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rish davom etayotgani qayd etildi.
Shu nuqtai nazardan do‘stona munosabatda bo‘lmagan mamlakatlardan tayyor baliq va dengiz mahsulotlarini olib kirish taqiqlangani ifoda etilar ekan, nomi tilga olingan davlatlardan vino importiga bojxona to‘lovini 12,5 foizdan 20 foizga oshirish haqida qaror qilingani qayd etildi.
Bayonotda Yevropa ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Norvegiyadan ushbu mahsulotlar importini to‘xtatib, bozordagi bo‘shliqni mahalliy ishlab chiqaruvchilar to‘ldirishi ta’kidlandi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning sanoat ishlab chiqarish indeksi 4,3 foiz ortdi
Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) sanoat ishlab chiqarish indeksi natijalarini e'lon qildi.