Kajir: Turkiya oxirgi 20 yil ichida global ishlab chiqarish bazasiga aylandi

Mehmet Fatih Kajir, Chanoqqal’ada bayonot berdi.

2016973
Kajir: Turkiya oxirgi 20 yil ichida global ishlab chiqarish bazasiga aylandi

Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajirning qayd etishicha, Turkiya oxirgi 20 yil ichida global ishlab chiqarish bazasiga aylandi.

Kajir Chanoqqal’ada bayonot berdi va unda:

“Turkiya oxirgi 20 yil ichida inson resurslari salohiyati, keng qamrovli sarmoya imtiyozlari, rejalashtirilgan sanoat zonalari va tezlashgan innovatsion ekotizim bilan global ishlab chiqarish bazasiga aylandi”.- dedi.

Kajir, soʻnggi 20 yil ichida amalga oshirilgan ishlab chiqarish harakati bilan sopol buyumlar sanoati dunyoda muhim mavqega ega boʻlganini ifoda etdi.

Turk sopol buyumlarining bugungi kunda jahon bozorlarida talab qilingan mahsulot ekanini ta’kidlagan Kajir, sanoatning taxminan 2 milliard dollarlik aylanmasi bilan dunyoning 113 davlatiga 1,5 milliard dollardan ortiq eksport yoʻlga qoʻyganiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar