Antaliyaga atigi bir kunda 99 ming 149 nafar sayyoh keldi

Antaliya – Turkiyaning eng gavjum beshinchi shahridir. Ayni vaqtda, mamlakatning turizm poytaxti hisoblanadi.

2015099
Antaliyaga atigi bir kunda 99 ming 149 nafar sayyoh keldi

Tunov kuni Antaliyaga 99 ming 149 nafar sayyoh keldi.

Shahar hokimi Ersin Yaziji, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida:

“Har hafta rekordlarni yangilashni davom etmoqdamiz. 22.07.2023 shanba kuni faqatgina xalqaro yo‘nalishlardan 99 ming 149 nafar yo‘lovchi keldi. Ular orasida 98 ming 148 nafari Antaliya aeroporti, 1001 nafari esa Gazipasha aeroporti orqali tashrif buyurdi. Bu yil Antaliyamiz uchun rekordlar yili bo‘lmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar