Shuang Rossiya bilan Ukrainani don va o‘g‘it eksportini davom ettirishga chaqirdi

Xitoy Markaziy teleraidokompaniyasining CGTN xalqaro telekanali xabariga ko‘ra, Ging, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Qora dengiz don kelishuvidan chiqishi bilan bog‘liq bayonotlar bergan.

2014847
Shuang Rossiya bilan Ukrainani don va o‘g‘it eksportini davom ettirishga chaqirdi

Xitoyning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) doimiy vakili o‘rinbosari Ging Shuang, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi oziq-ovqat inqirozini yumshatish uchun Rossiya bilan Ukrainani imkon qadar tezroq don va o‘g‘it eksportini davom ettirishga chaqirdi.

Xitoy Markaziy teleraidokompaniyasining CGTN xalqaro telekanali xabariga ko‘ra, Ging, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida Rossiyaning Qora dengiz don kelishuvidan chiqishi bilan bog‘liq bayonotlar bergan.

Don kelishuvining global oziq-ovqat ta’minotini himoya qilish va bozorni barqarorlashtirish uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan Ging, Rossiya bilan Ukrainani qisqa vaqt ichida don va o‘g‘it eksportini davom ettirishga chaqirdi.

Ging, har ikki davlat ham xavotir olgan masalalar hal qilinishi uchun BMTning tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlik qilishdan umidvorligini bildirib, buning ayniqsa rivojlanayotgan davlatlardagi oziq-ovqat inqirozini yumshatish uchun muhim ekanini taʼkidladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumining global oziq-ovqat narxlariga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish uchun BMT, Rossiya, Turkiya va Ukraina 2022-yilning 22-iyuli kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qora dengiz don yo‘lagi bitimini imzolagandi.

Kreml matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov muddati tugagan Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi haqida bergan bayonotida:

“Don yo‘lagi kelishuvi muddati tugadi, toʻxtatildi. Rossiya, tegishli shartlar amalga oshishi bilan darhol don kelishuviga qaytadi. Kelishuvning Rossiyani qiziqtirgan qismi bajarilmadi”.-degan ifodalarga o‘rin bergandi.



Aloqador xabarlar