Jahon banki Turkiya iqtisodiyoti o'sish prognozini 2,7 foizdan 3,2 foizga ko'tardi

Hisobotda, Turkiya iqtisodiyotining bu yil 3,2 foiz, kelgusi yilda esa 4,3 foiz o'sishi kutilayotgani qayd etildi.

1971315
Jahon banki Turkiya iqtisodiyoti o'sish prognozini 2,7 foizdan 3,2 foizga ko'tardi

 

Jahon banki Turkiya iqtisodiyoti uchun bu yilgi o'sish prognozlarini 2,7 foizdan 3,2 foizga ko'tardi.

Bank tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tayyorlangan Iqtisodiy yangilanish hisobotida Turkiya iqtisodiyotiga oid prognozlar ham o'rin oldi.

Hisobotda, Turkiya iqtisodiyotining bu yil 3,2 foiz, kelgusi yilda esa 4,3 foiz o'sishi kutilayotgani qayd etildi.

Jahon banki yanvar oyidagi prognozlarida Turkiya iqtisodiyotining 2023 yilda 2,7 foiz, 2024 yilda esa 4 foiz o'sishini taxmin qilgan edi.

Hisobotda, Turkiya iqtisodiyotining 2025-yilda 4,1 foiz o'sishi taxmin qilingani qayd etildi.

Bundan tashqari, Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzilalar 2021-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 4 foiziga to‘g‘ri keladigan taxminan 34,2 milliard dollar zarar keltirgani ham taxmin qilingan.

Hisobotda barcha obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlarining real qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan zarardan ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligi va ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash tufayli o‘sish sur’atining 2024-2025 yillarda o‘rtacha 4,2 foizga oshishi kutilayotgani ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Jahon banki

Aloqador xabarlar