Turkiyada Togg elektromobiliga 41 ming kishi buyurtma berdi

Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank ijtimoiy media hisobi orqali bayonot berdi.

1962240
Turkiyada Togg elektromobiliga 41 ming kishi buyurtma berdi
togg.jpg

 

Turkiyaning Togg elektromobiliga oldindan buyurtma berganlar soni 41 ming kishini tashkil etdi.

Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank ijtimoiy media hisobi orqali bayonot berdi.

Vazir Varank, Togg T10X buyurtmalari soni 41 mingta ekanligini aytdi.

Dastlabki 24 soat ichida 22 150 dona Togg T10X buyurtma qilindi.

Toggning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida qilingan bayonotda, yetkazib berishlarning oy oxiridan boshlanishi aytildi.

Togg T10X-ga 16-27 mart kunlari togg.com.tr va Trumore ilovasida oldindan buyurtma berish mumkin.

 



Aloqador xabarlar