Germaniya Turkiyaga eng koʻp sayyoh yuborgan davlat deb topildi

Germaniya, 2022-yili Turkiyaga eng koʻp sayyoh yuborgan davlat deb topildi.

1941321
Germaniya Turkiyaga eng koʻp sayyoh yuborgan davlat deb topildi

O‘tgan 2022-yilda Turkiyaga eng koʻp sayyoh yuborgan davlat Germaniya bo‘ldi.

Madaniyat va turizm vazirligi internet sahifasida o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya 2022-yili 2021-yilga nisbatan yana da ko‘proq to‘g‘rirog‘i 51 million 387 ming 513 nafar sayyohga quchoq ochgan.

O‘tgan yilning yanvar oyidan dekabr oyigacha Turkiyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan mamlakatlar ro‘yhatida Germaniya birinchi o‘rinda. Qayd etilishicha o‘tgan yili Germaniyadan Turkiyaga 5 million 679 ming 194 nafar sayyoh kelgan. Bu raqam 2021-yilga nisbatan 12.74 foizga ko‘p.

Germaniyadan keyingi o‘rinda Rosssiya (11.74 foizlik ortish bilan 5 million 232 ming 611 nafar) bilan Britaniya (7.56 foizlik ortish bilan 3 million 370 ming 739 nafar) bor. Mazkur davlatlardan keyingi qatorda Bolgariya bilan Eron o‘rin oldi.

Turkiyaga 2022-yilning faqatgina dekabr oyida tashrif buyurgan xorijliklar soni ham 2021-yilning huddi shu oyiga nisbatan 26,79 foizga oshib, 2 million 399 ming 441 nafarni tashkil etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #sayyoh , #Germaniya

Aloqador xabarlar