Turkiyadan 54 davlatga 526 ming 703 tonna pomidor eksport qilindi

Bu davrda Ruminiya Turkiyadan eng ko'p pomidor sotib olgan mamlakatlardan biri bo’ldi.

1933725
Turkiyadan 54 davlatga 526 ming 703 tonna pomidor eksport qilindi

 

2022-yilda Turkiyadan pomidor eksporti 2021-yilga nisbatan qariyb 4 foizga oshib, 377 million 418 ming dollarga yetdi.

Janubi-Sharqiy Anadolu eksportchilar uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Turkiyadan Ruminiya, Ukraina, Bolgariya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Shveytsariya, Ispaniya, Qozog‘iston, Latviya, Rossiya, Polsha va Malayziya kabi 54 davlatga 526 ming 703 tonna pomidor eksport qilindi.

O'tgan yili pomidor mahsulotidan mamlakatga 377 million 418 ming dollar daromad ta'minlagan eksportchilar, 2021 yilda 362 million 993 ming dollar bo'lgan eksportini 2022 yilda taxminan 4 foizga oshirdi.

Ruminiya Turkiyadan eng ko'p pomidor sotib olgan mamlakatlardan biri bo’ldi.

Ukraina va Bolgariya Turkiyadan pomidor import qilgan davlatlar qatorida uchinchi o’rinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #pomidor , #Turkiya

Aloqador xabarlar