Joriy yilda Turkiyaga 8 mln 885 ming 876 nafar sayyoh tashrif buyurdi

Turkiyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan mamlakatlar reytingida joriy yilning dastlabki 4 oyida Germaniya 339,81 foiz o‘sish bilan birinchi o'rinni egalladi.

1830786
Joriy yilda Turkiyaga 8 mln 885 ming 876 nafar sayyoh tashrif buyurdi

 

Joriy yilning yanvar-aprel davrida Turkiyaga 8 million 885 ming 876 nafar sayyoh tashrif buyurdi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, 2022 yilning 4 oyida mamlakatga kelgan sayyohlarning 7 million 477 ming 47 nafari xorijlik bo'lsa, xorijda yashayotgan fuqarolar soni 1 million 408 ming 829 nafarni tashkil etdi.

Turkiyaga eng ko‘p sayyoh yuborgan mamlakatlar reytingida joriy yilning dastlabki 4 oyida Germaniya 339,81 foiz o‘sish bilan birinchi, Bolgariya 325,55 foiz o‘sish bilan ikkinchi, Eron 236,77% bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 

Erondan keyin Rossiya Federatsiyasi va Buyuk Britaniya joy oldi.

Aprel oyining o'zida Turkiyaga kelgan xorijlik ziyoratchilar soni esa, o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 225,59 foiz ortib, 2 million 574 ming 423 nafarni tashkil etdi.

Aprel oyida eng ko‘p sayyoh yuborgan mamlakatlar reytingida Germaniya o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 630,34 foiz ortish bilan birinchi, Bolgariya 442,04 foiz ortish bilan ikkinchi, Angliya esa 1446,83 foiz bilan uchinchi o‘rinni egalladi. 

Buyuk Britaniyadan keyin Eron va Rossiya Federatsiyasi joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #sayyoh , #Turkiya

Aloqador xabarlar