TIKA Afg‘onistondagi yordamga muhtoj oilalarni yolg‘iz qo‘ymadi

TIKA Ramazon oyi munosabati bilan Afg‘onistondagi yordamga muhtoj oilalarni yolg‘iz qo‘ymadi.

1819922
TIKA Afg‘onistondagi yordamga muhtoj oilalarni yolg‘iz qo‘ymadi

Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA), Ramazon oyi munosabati bilan Afg‘onistonning g‘arb viloyatlaridagi yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.  

TIKAning Hirot vakolatxonasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Ramazon oyida Afg‘onistonning g‘arb mintaqasida joylashgan viloyatlarga 69 tonna oziq-ovqat mahsuloti yetkazilgan.

Ushbu mahsulotlarni tarqatish faoliyatlariga Turkiyaning Hirot Bosh konsuli Sinan Ilhan ham hamrohlik qilar ekan ular, yetimxonalar va nogironlar jamiyatidan tashqari Hirot, Gor, Ferah viloyatlari markazi va Badgis bilan Nimruz viloyatlari atrofidagi tumanlarga ham ulashtirilgan.

Bu orqali yordamga muhtoj 900 oilaga yordam berilgan bo‘ldi.



Aloqador xabarlar