Toyota Motor kompaniyasi 11ta zavodi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

Kompaniya chorshanba oqshomida Yaponiya shimoli-sharqida sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzilada halok bo'lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

1797982
Toyota Motor kompaniyasi 11ta zavodi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

 

Toyota Motor kompaniyasi Yaponiya shimoli-sharqidagi 7,4 magnitudali zilziladan keyin 11 ta zavodini vaqtincha to'xtatganini ma'lum qildi.

Kompaniya chorshanba oqshomida sodir bo'lgan kuchli zilzilada halok bo'lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Bayonotga ko'ra, Toyota zilziladan keyin butun mamlakat bo'ylab 15 dan ortiq ishlab chiqarish liniyasini, jumladan, shimoli-sharqdagi Ivate, Miyagi va Fukusimani to'xtatgan.

Toyota va uning sho'ba korxonalari ishlab chiqarishiga 80 foiz darajasida ta'sir ko'rsatadigan to'xtash faoliyati 3 kun davom etishi ma'lum qilindi.

Chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:36 da sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzilada 4 kishi halok bo'ldi, 200 dan ortiq kishi jarohat oldi.


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Toyota Motor kompaniyasi

Aloqador xabarlar