Fotih Do'nmez:"2030 yilda 1 million elektromobil yo'lda bo'ladi"

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do'nmez Universitet Architects and Engineers Group (MMG) tomonidan tashkil etilgan seminarda yoshlarga murojaat qildi.

1797972
Fotih Do'nmez:"2030 yilda 1 million elektromobil yo'lda bo'ladi"

 

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do'nmez, 2030 yilda Turkiyada taxminan 1 million elektromobil yoki gibrid avtomobil yo'llarda bo'lishini va buning uchun infratuzilmani kuchaytirish kerakligini aytdi.

Vazir Do'nmez Universitet Architects and Engineers Group (MMG) tomonidan tashkil etilgan seminarda yoshlarga murojaat qildi.

Turkiyaning energiya sohasida chet elga qaram ekanligini ifoda etgan Do'nmez, “Ayniqsa, oxirgi yillarda milliy energiya va kon siyosati bilan yangi maqsadlarga erishdik. Ulardan biri ta'minot xavfsizligi. Biz energiyamizni uzluksiz va sifatli yetkazib berishimiz kerak. Yana bir muammo - mahalliylashtirish. Biz ichki resurslardan maksimal darajada foydalanish ustida ishlayapmiz”,-dedi.

Do'nmez iqlim o'zgarishi butun dunyoda kun tartibining birinchi o'rinida ekanini, Turkiyada ham bu doirada tezkor qadamlar tashlanganiga diqqat qaratdi.

Elektr transport vositalarining soni asta-sekin ortib borayotganini ta'kidlagan Do'nmez, shunday dedi:

“Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 2030-yilda Turkiyadagi yoʻllarimizda 1 millionga yaqin elektromobil yoki gibrid avtomobillarni koʻramiz. Buning uchun biz infratuzilmamizni mustahkamlashimiz kerak. Bu erda bizning mahalliy avtomobilimiz TOGG hikoyasi boshlanadi. Endi biz muhandislarimiz bilan toza yoqilg'i bo'lgan elektr energiyasidan foydalanadigan transport vositasini loyihalashtiramiz”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #elektromobil

Aloqador xabarlar