Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi 14,4 foiz oshdi

Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) 2021-yil dekabr oyi sanoat ishlab chiqarish indeksini e’lon qildi.

1776988
Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi 14,4 foiz oshdi

 

Turkiyada sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021-yil dekabr oyida yillik miqyosda 14,4 foiz oshdi.

Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) 2021-yil dekabr oyi sanoat ishlab chiqarish indeksini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, sanoat ishlab chiqarish hajmi yiliga 14,4 foizga oshdi.

Sanoatning kichik tarmoqlari tahlil qilinganda, 2021-yil dekabr oyida togʻ-kon sanoati va konchilik sektori indeksi oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 1,5 foizga kamaygan boʻlsa, ishlab chiqarish sanoati indeksi 16,2 foizni, elektr energiyasi, gaz, bugʻ va konditsioner ishlab chiqarish va tarqatish sektori indeksi 0.6 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish hajmi oylik miqyosda (dekabrda) 1,6 foizga oshdi.

Sanoatning kichik tarmoqlari tahlil qilinganda, 2021-yil dekabr oyida ishlab chiqarish sanoati indeksi 1,9 foizga, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va havoni konditsioner ishlab chiqarish va tarqatish sektori indeksi esa 0,6 foizga o‘sdi.


Tanlangan kalimalar: #sanoat , #Turkiya

Aloqador xabarlar