Turkiyada elektromobil va gibrid avtomobillar savdosi rivojlanmoqda

Turkiya avtomobil bozorida o'tgan yili gibrid avtomobillar savdosi 49 ming 493 dona, elektromobillar savdosi esa 2 ming 846 dona bo'ldi.

1759008
Turkiyada elektromobil va gibrid avtomobillar savdosi rivojlanmoqda

 

Elektromobil va gibrid avtomobillarning Turkiya avtomobil bozorida tutgan o'rni tobora kengayib bormoqda. 

Avtomobil Distribyutorlari Assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya avtomobil bozorida o'tgan yili gibrid avtomobillar savdosi 49 ming 493 dona, elektromobillar savdosi esa 2 ming 846 dona bo'ldi.

Turkiyada o'tgan yili elektr avtomobil savdosi o'tgan yilga nisbatan 237,2 foiz, gibrid avtomobil savdosi esa 105,1 foizga oshdi.

Umumiy savdo hajmida elektromobillarning ulushi 0,1 foizdan 0,5 foizga, gibrid avtomobillarning ulushi 4 foizdan 8,8 foizga oshdi.

Kelajakda dunyoda ro'y berayotgan o'zgarishlar bilan Turkiya avtomobil bozorida "yashil avtomobillar"ning ulushi yanada yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #elektromobil , #Turkiya

Aloqador xabarlar