Turkiyadagi aeroportlar soni kelasi yili 61 taga chiqadi

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, aeroportlar investitsiyasiga to‘xtaldi.

1752519
Turkiyadagi aeroportlar soni kelasi yili 61 taga chiqadi

Turkiyadagi aeroportlar soni kelasi yili 56 tadan 61 taga chiqadi.

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu:

“Hozirda 56 ta aeroport qattiq ish olib bormoqda. Bular qatoriga kelasi yili yana 5 ta aeroport qoʻshib, ular sonini 61 taga chiqaramiz”.-dedi.

Istanbulda bayonotlar bergan Karaismailo‘g‘lu, havo yo‘lining xalq yo‘li ekanini qayd etgan holda:

“Xuddi shunday, biz butun temir yo‘llarni ta’mirdan chiqardik. Yurtimiz yaqinda tezyurar poyezdlar qulayligi bilan tanishdi. Hozirda qurilishi davom etgan 4 ming kilometrlik tezyurar poyezd loyihamiz bor. Bu tezyurar poyezdlar orqali ham yuk ham da yo‘lovchilar tashiladi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

O‘z so‘zida aeroportlar investitsiyasiga to‘xtalgan Karaismailo‘g‘lu, 2022-yili Turkiyadagi aeroportlar sonini 61 taga yetishini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar