Mesut Oʻzil yana Afrikadagi kam ta’minlangan bolalarni unutmadi

“Fenerbaxche” jamoasining yulduz futbolchisi Mesut Oʻzil yana Afrikadagi kam ta’minlangan bolalarni unutmadi.

1720141
Mesut Oʻzil yana Afrikadagi kam ta’minlangan bolalarni unutmadi

“Fenerbaxche” jamoasining yulduz futbolchisi Mesut Oʻzil Afrikadagi kam ta’minlangan bolalarga tibbiy asbob-uskunalar jihatidan yordam berib, shifokor yubordi.

Afrika qit’asida yordamga muhtoj bolalarga bundan avval ham bir necha marotaba yordam bergan Mesut Oʻzil, bu gal ularga yana birini ilova etdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi Twitter hisobi orqali mavzu haqida post qoldirgan Oʻzil, kam ta’minlangan bolalar ehtiyojiga javob berish uchun futbol muxlislari qoʻllab-quvvatlashi bilan “Bigshoe” deb nomlangan yordam tashkiloti hamkorligida Afrika qit’asining janubi-sharqi va Malivaning Chitipa shahridagi bolalarga tibbiy jihoz va shifokor yetkazib berilganini bildirdi.

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi tufayli uzoq muddat keyingiga qoldirilgan yordam berish faoliyatlarining takror boshlaganini qayd etgan Oʻzil, “Qit’adagi jamoamiz yana 22 nafar bolaning amaliyot ehtiyojiga javob berdi”.-dedi.

Oʻzil shuningdek, yordam berilgan bolalar va oʻz nomi tushirilgan maket krampon bilan olingan fotosuratini ham ijtimoiy tarmoqda boʻlishdi.



Aloqador xabarlar