Turkiya eksportida oʻtgan yilga nisbatan oʻsish qayd etildi

Turkiya statistika qoʻmitasi (TUIK) bilan Savdo vazirligi hamkorligida tuzilgan avgust oyiga oid vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari ma’lum qilindi.

1712752
Turkiya eksportida oʻtgan yilga nisbatan oʻsish qayd etildi

Turkiya eksporti avgust oyida oʻtgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 51,9 foiz oʻsdi va 18 milliard 916 million dollarni tashkil etdi.

Turkiya statistika qoʻmitasi (TUIK) bilan Savdo vazirligi hamkorligida tuzilgan avgust oyiga oid vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari ma’lum qilindi.

Shunga koʻra, eksport 2021-yil avgust oyida oʻtgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 51,9 foiz oʻsib, 18 milliard 916 million AQSh dollariga yetdi.

Germaniya avgust oyidagi eksport boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Germaniyaga yoʻlga qoʻyilgan eksport 1 milliard 575 million dollarni tashkil etar ekan uni Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) 1 milliard 313 million dollar, Buyuk Britaniya 1 milliard 194 million dollar, Iroq 939 million dollar va Ispaniya 839 million dollar bilan keyingi navbatda kuzatdi.  Birinchi 5 mamlakatga eksport umumiy eksportning 31,0 foizini tashkil etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #avgust oyi , #eksport

Aloqador xabarlar