Turk SIHAlarini tanlagan davlatlar qatoriga Albaniya ham qoʻshildi

Albaniya Turkiyadan SIHA ya’ni, Qurolli uchuvchisiz havo transportlari xarid qilib olishga tayyorlanmoqda.

1666689
Turk SIHAlarini tanlagan davlatlar qatoriga Albaniya ham qoʻshildi

Turkiyada ishlab chiqarilgan SIHA ya’ni, Qurolli uchuvchisiz havo transportlarini oʻz inventariga ilova etishga tayyorlanayotgan mamlakatlarga Albaniya ham qoʻshildi. Albaniya parlamenti Turk SIHAlari uchun 8 million yevrodan ortiq qoʻshimcha byudjet ajratdi.

Turk SIHAlarining xalqaro miqyosdagi obroʻ - e’tibori asta - sekin keng tus olmoqda.

Dunyoning yana bir davlati milliy xavfsizligini oshirish uchun Turkiyaga murojaat qildi.

Mamlakat parlamenti, Turk SIHAlarini xarid qilib olish maqsadida 8 million 200 ming yevro miqdoridagi qoʻshimcha byudjetni tasdiqladi.

Nomi tilga olingan mavzu, Albaniya Tashqi Ishlar vaziri Bledar Chuchi va harbiy hay’atning Turkiyaga boʻlgan tashrifi ortidan kun tartibiga chiqdi.

Chuchi Istanbuldagi Bayraktar ishlab chiqarish korxonasiga tashrifidan soʻng, SIHAlar sotib olish niyatidan dalolat bergan bayonotlar bergandi.

Unda, “Turk SIHA tizimlarini Albaniyada harbiy va harbiy boʻlmagan maqsadda foydalanilish masalasini muhokama qilyapmiz”. - degandi.  

Byudjetda, Turkiya bilan birgalikda olib boriladigan infratuzilma sarmoyalariga ham oʻrin berilgan.

Tiran Buyuk halqa yoʻlining qurilishi, suv kanalizatsiya sohasi va Milliy teatr qurilishi ham investitsiyalar qatorida.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar