O'zbekiston Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importini chekladi

Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importiga talablar kuchaytirildi. Turkiyadan olib kelinadigan pomidor va qalampir urug‘lari uchun O‘zbekiston vaqtinchalik taqiq o‘rnatdi.

1666832
O'zbekiston Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importini chekladi

 

Turkiyadan pomidor va qalampir urug‘lari importiga talablar kuchaytirildi. Turkiyadan olib kelinadigan pomidor va qalampir urug‘lari uchun O‘zbekiston vaqtinchalik taqiq o‘rnatdi.

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi tomonidan Turkiya davlatining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organiga Bursa hududidan olib kelinadigan pomidor va qalampir urug‘lari uchun vaqtinchalik taqiq o‘rnatilganligi haqida xabar qilingach, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi so‘roviga muvofiq, Yevropa va O‘rta yer dengizi o‘simliklar karantini va himoyasi tashkilotining RM-5/8 standartiga asosan fitosanitar toza pomidor va qalampir urug‘lari yetishtirayotgan korxonalar hamda ularning manzillari ro‘yxatini taqdim etdi.

Shuningdek, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi pomidor va qalampir urug‘larini eksport qilishda ishlar O‘zbekiston tomoni qo‘ygan fitosanitar talablar asosida tashkil etilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadan O‘zbekiston Respublikasiga pomidor va qalampir urug‘larini import qilishni rejalashtirishdan oldin O‘zbekiston tomoni qo‘ygan talablar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, ekish materiallari, ko‘chat hamda urug‘liklarni respublika hududiga olib kelish jarayonida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini oldindan xabardor qilish maqsadga muvofiq. Chunki, import jarayonida belgilangan talablarga rioya etilmasa, mahsulotlar chegara nazorat punktlaridan ortga qaytarilishi mumkin.



Aloqador xabarlar