Rossiya: Turk sohillarida sayohat qilish talabida keskin ortish qayd etildi

Rossiya hukumatining Turkiya bilan bo‘lgan aviaqatnovlarni 22-iyundan e’tiboran boshlatish haqida qabul qilgan qarori ortidan, Turk sohillarida sayohat qilishni xohlagan sayyohlar soni ortdi.

1661694
Rossiya: Turk sohillarida sayohat qilish talabida keskin ortish qayd etildi

Rossiya turoperatorlari uyushmasi (ATOR) rahbari Maya Lomidzening ta’kidlashicha, Turkiya bilan aviaqatnovlarning takror boshlatilishi haqida tarqagan ma’lumot ortidan  Turk sohillarida sayohat qilish talabi har doimgidan ortgan.

“Zvezda” telekanaliga intervyu bergan Lomidze, Rossiya hukumatining Turkiya bilan bo‘lgan aviaqatnovlarni 22-iyundan e’tiboran boshlatish haqida qabul qilgan qarori ortidan kelgan talablar haqida gapirdi.

Lomidze,

“Turkiya bilan aviaqatnovlarning takror boshlatilishining ma’lum qilinishi ortidan yarim soat ichida turoperatorlari va tur agentliklari Turkiyaga borishni xohlagan sayyohlar tomonidan yuzlab murojaat oldi. Ulardan ko‘pchiligi 22 - iyun kuni uchmoqchi”. - dedi.

Qariyb yarim million sayyohning aprel va may oylarida Turkiyaga sayohat qilolmagani bois turizm tarmog‘ida bu jonlanishning mutlaqo kutilganini qayd etgan Lomidze,

“Lekin talabning bunchalik keskin ravishda ortishi va juma kunidan e’tiboran kuzatilgan murajaatlardagi yuksalish, turoperatorlari va turagentliklarining kutganidan ham ko‘pini tashkil etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar