Turkmaniston o‘zbek konditsionerlarini import qilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki to‘rt oyda O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 3,6 million dollarlik konditsionerlar yetkazib bergan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 million dollarga ko‘proq.

1656876
Turkmaniston o‘zbek konditsionerlarini import qilmoqda

 

Turkmanistonning “turkmenportal.com” axborot portalida “Turmaniston o‘zbek konditsionerlarining asosiy importchilaridan biriga aylandi” sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga tayangan holda qayd etilishicha, 2021 yilning birinchi choragida Turkmaniston O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan konditsionerlarni import qilish bo‘yicha Ozarbayjon va Rossiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.

"Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki to‘rt oyda O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 3,6 million dollarlik konditsionerlar yetkazib bergan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 million dollarga ko‘proq", - deb yozadi internet-resurs.

Umumiy qiymati 2,4 million dollarni tashkil etuvchi eng ko‘p konditsioner Ozarbayjonga jo‘natilgan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya – 315,9 ming dollar. Peshqadamlar shoxsupasining uchinchi o‘rnini Turkmaniston egallagan – 304,4 ming dollar. Keyingi pog‘onalarda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Yaman bormoqda.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJ hududida yiliga 80 ming donaga yaqin ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlarini ishlab chiqaruvchi sex faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya maishiy suyuq sovutgichlar, kanal tipidagi va kassetali konditsionerlar hamda havoni boshqarish moslamalari (AHU) kabi sanoat korxonalari uchun maishiy texnikalar  ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, deya batafsil ma’lumot bergan “turkmenportal.com”.


Tanlangan kalimalar: #import , #konditsioner , #Turkmaniston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar