Navbatdagi G7 sammiti Angliyada 11 - 13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi

G7 tarkibidagi mamlakatlar 11 - 13 iyun kunlari, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi marta uchrashadilar.

1654149
Navbatdagi G7 sammiti Angliyada 11 - 13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi

“G7” mamlakatlari shu jumladan Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Kanada liderlari, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi marta uchrashadilar.

Bu yil shu bilan 47 - marotaba uyushtiriladigan “G7” sammiti, Angliyada, 11 - 13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Sammitda davom etayotgan pandemiya, global geosiyosiy xavflar va iqlim o‘zgarishi kabi muhim mavzularning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Pandemiya yuzasidan kam sondagi matbuot a’zosi ishtirokida o‘tkaziladigan “G7” sammiti yuqori darajadagi xavfsizlik chora - tadbirlari ostida yuritiladi.

Angliya Bosh vaziri Boris Jonson rahbarlik qiladigan sammitda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi, Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga, AQSh Prezidenti Jo Bayden, Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi rahbari Charlz Mishelning ishtirok etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #G7 sammiti , #G7 , #katta yettilik

Aloqador xabarlar