BioNTech - Pfizer 2023 - yilgacha Yevropa ittifoqiga 1,8 milliard doza vaksina beradi

Germaniyaning BioNTech - Pfizer kompaniyasi 2023 - yilgacha Yevropa ittifoqiga 1,8 milliard doza vaksina beradi.

1642637
BioNTech - Pfizer 2023 - yilgacha Yevropa ittifoqiga 1,8 milliard doza vaksina beradi

Yevropa ittifoqi Germaniyaning BioNTech - Pfizer kompaniyasi bilan jami 1,8 milliard doza yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi vaksina sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Yevropa ittifoqi Komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobidan BioNTech - Pfizer bilan Covid - 19 vaksinasini sotib olish bo‘yicha uchinchi shartnomaga qo‘l qo‘yilganini ma’lum qildi.

Yangi shartnoma asosida BioNTech - Pfizerning Yevropa ittifoqiga 2023 - yilgacha 900 million doza opsion jami 1,8 milliard doza qo‘shimcha vaksina berishini ta’kidlagan Ursula fon der Leyen, vaksinalarning pandemiya va yangi variantlariga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishini qayd etdi.

Fon der Leyen Yevropa ittifoqining uzoq muddatli boshqa shirkatlar bilan ham shunga o‘xshash shartnomalar tuzishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar