O‘zbekiston yengil avtomobil eksporti hajmini qariyb 50 mln dollarga oshirdi

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar quyidagicha: Qozog‘iston, Ukraina, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya va Tojikiston.

1640087
O‘zbekiston yengil avtomobil eksporti hajmini qariyb 50 mln dollarga oshirdi

 

O‘zbekiston joriy yil birinchi choragida yengil avtomobil eksporti hajmini qariyb 50 million dollarga oshirgani maʼlum qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.

Ma'lumotga ko‘ra, 2021 yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 million dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 million dollarga oshgan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar quyidagicha: Qozog‘iston, Ukraina, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya va Tojikiston.


Tanlangan kalimalar: #yengil avtomobil , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar