Turkiyada ma’dan qazib chiqarishda 41 foiz ortish qayd etildi

Turkiyada ma’dan qazib chiqarish bu yilning ilk uch oyida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 41 foizga ortdi

1639632
Turkiyada ma’dan qazib chiqarishda 41 foiz ortish qayd etildi

Turkiyada ma’dan qazib chiqarish bu yilning ilk uch oyida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 41 foizga ortdi. Bu haqida mamlakatning Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez ma’lum qildi.   

Do‘nmez Twitter hisobi orqali o‘tgan yilning ilk 3 oyida 217 million tonna ma’dan qazib chiqarilganini qayd etdi.

Ma’dan qazib chiqarish faoliyatining bu yili jadal tusda boshlaganiga e’tibor qaratgan Do‘nmez,

“2021 - yilning ilk uch oyida 2020 - yilning huddi shu davriga nisbatan 41 foiz ortiqcha ya’ni, 306 million tonnadan ortiq ma’dan qazib chiqarildi. Yerosti manbaalarimizni xalqimiz xizmatiga taqdim etishni davom etamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar