Turkiyaning xandon pista eksporti salmoqli daromad keltirdi

Turkiyaning xandon pista eksporti 3 oyda o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 73 foiz ortish qayd etdi.

1622944
Turkiyaning xandon pista eksporti salmoqli daromad keltirdi

Turkiya yilning ilk choragida dunyoning 80 davlatiga xandon pista eksport qildi.

Janubiy - sharq Anado‘lu eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan yilning yanvar oyidan mart oyigacha xandon pista sotishidan Turkiya 21 million 288 ming dollar daromad qo‘lga kiritar ekan bu yilning ayni davrida dunyoning 80 davlatiga yo‘lga qo‘yilgan eksportda 73 foiz ortish qayd etilib, 36 million 845 ming dollarlik daromad olingan.   

Yilning ilk choragida dunyoning 80 davlatiga 3 ming 394 tonna xandon pista eskport qilingan. Xandon pista eksport qilingan davlatlar qatorida Niderlandiya, Jazoir, Malayziya, Yaponiya, Marokash, Ummon, Dubay, Belgiya, Ispaniya, Avstriya va Rossiya ham bor.

Xandon pista eng ko‘p (661 tonna) Italiyaga, ortidan esa Germaniya (629) bilan Isroilga (254 ming tonna) eksport qilingan.



Aloqador xabarlar