Turk zargarlik buyumlari eksportida ortish qayd etildi

Turkiyada bu yilning mart oyida zargarlik buyumlari eksportida ortish qayd etildi.

1618032
Turk zargarlik buyumlari eksportida ortish qayd etildi

Turk zargarlik buyumlari eksporti mart oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 48 foizga oshdi.

Zargarlik buyumlari eksportchilar uyushmasi, tarmoqning mart oyi va ilk chorak raqamlarini ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra zargarlik buyumlari tarmog‘ida 2021 - yilning mart oyida 2020 - yilning mart oyiga nisbatan 48 foizga o‘sish qayd etilgan va bu orqali 340 million 12 ming 661 dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada yilnig ilk choragidagi zargarlik buyumlari eksporti, o‘tgan yilning ilk choragiga ko‘ra 9 foizga ortgan holda, 976 million dollarni tashkil etgan.

Yilning ilk uch oyida eng ko‘p eksport Birlashgan Arab Amirligiga yo‘lga qo‘yilib undan, 157. 5 million dollar daromad qo‘lga kiritilgan. Ortidan 143.5 million dollar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari va 87.6 million dolar bilan Hong Kong deb qayd eitlgan.

Mahsulot guruhiga nazar tashlagudek bo‘lsak mart oyida eng ko‘p oltindan yasalgan zargarlik buyumlari eksport qilinganini anglash mumkin.

 



Aloqador xabarlar