Shimoliy oqim - 2 tabiiy gaz loyihasining 95 foizi tamomlandi

Shimoliy oqim - 2 loyihasi orqali 1 yilda 55 milliard kub metrlik rus gazining Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

1613117
Shimoliy oqim - 2 tabiiy gaz loyihasining 95 foizi tamomlandi

Shimoliy oqim - 2 tabiiy gaz loyihasining 95 foizi tamomlandi.

Shimoliy oqim - 2 loyihasini yo‘lga qo‘yuvchi firma Nord Stream 2 AG tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, loyiha doirasida quvir o‘tkazish faoliyatining Germaniya va Daniya hududiy suvlarida davom etgani qayd etildi.

Bayonotda quvir o‘tkazish faoliyatining 121 kilometri qolgani ma’lum qilingan holda,

“Loyihaning 95 foiziga teng kelgan 2 ming 339 kilometrlik quvir o‘kazish ishi tamomlandi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Umumiy narxi qariyb 10 millliard yevro bo‘lishi kutilgan Shimoliy oqim - 2 loyihasi orqali 1 yilda 55 milliard kub metrlik rus gazining Boltiq dengizi orqali Germaniyaga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ukraina, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari qurilishiga qarshi bo‘lgan loyihaning sheriklari orasida Gazpromdan tashqari Shell, OMV, Engie, Uniper va Wintershall kabi kompaniyalar o‘rin olmoqda.



Aloqador xabarlar