Turkiya joriy yilda 3980 tonna somon balig’i eksport qildi

Turkiya joriy yilning yanvar oyida 23 davlatga 3980 tonna somon balig’i eksport qildi. Bundan tushgan daromad 19 mln 811 ming 819 AQSh dollariga teng.

1590070

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar qo’mitasi ma’lum qilishicha, bu ko’rsatgich 2020 yil yanvar oyiga nisbatan miqdor jihatidan 87 foizga, qiymat jihatidan 73 foizga ko’p.

2020 yil yanvar oyida 2127 tonna somon balig’i eksport qilingandi. Bundan tushgan daromad 11 mln 454 ming 937 AQSh dollariga teng.

Joriy yilning yanvar oyida Turkiyadan somon balig’i import qilgan davlatlar:

Rossiya – 2443 tonna (11 mln 658 ming 150 dollar)

Germaniya – 5 mln 148 ming 575 dollar

Vyetnam – 1 mln 151 ming 726 dollar

O’tgan yilning dastlabki oyida Belorus, Ozarbayjon, Naxechevan, Isroil va Iordaniyaga somon balig’i eksport qilingandi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qora dengiz , #somon balig'i

Aloqador xabarlar