Turkiya kompaniyasi O’zbekistonda avtomobil zavodi quradi

Rejaga muvofiq, zavodda yiliga 3000 dona kichik yuk avtomobili ishlab chiqariladi. Ular ichki bozor bilan birga MDH davlatlari hamda Afg‘onistonga eksportga yo‘naltiriladi.

1563394
Turkiya kompaniyasi O’zbekistonda avtomobil zavodi quradi

 

O’zbekistonning Namangan viloyatida Turkiya kompaniyasi tomonidan kiritiladigan investitsiya evaziga avtomobil zavodi quriladi.

Bu haqda Namangan viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur loyiha 2021-yilda yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha dastur ro’yxatiga kiritilgan bo‘lib, umumiy qiymati 10 million dollarga teng. Bundan 8 million dollari Turkiyaning Manas Savunma kompaniyasi kiritadigan xorijiy investitsiyaga to‘g‘ri keladi.

2021-yil dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan zavod “Manas” Avto Sanoat qo‘shma korxonasi tomonidan “Namangan” EIZ hududida, 7 gektar maydonda barpo etiladi. Buning natijasida 220 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Rejaga muvofiq, zavodda yiliga 3000 dona kichik yuk avtomobili ishlab chiqariladi. Ular ichki bozor bilan birga MDH davlatlari hamda Afg‘onistonga eksportga yo‘naltiriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #avtomobil zavodi , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar