Iroqdagi “Bayji” neftni qayta ishlash korxonasi takror ishga tushirildi

Iroqdagi “Bayji” neftni qayta ishlash korxonasi 7 yil ortidan takror ishga tushirildi.

1562780
Iroqdagi “Bayji” neftni qayta ishlash korxonasi takror ishga tushirildi

Iroqning Salohiddin shahrida DEASh terror tashkiloti hujumlari yuzasidan vayron bo‘lgan mamlakatning eng yirik neftni qayta ishlash korxonasi “Bayji”, 7 yil ortidan takror xizmatga tushirildi.

Iroq Neft vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra “Bayji” neft korxonasining ta’mirlash ishlari tamomlangan.

Bayonotda, mamlakatning eng yirik neftni qayta ishlab chiqarish korxonasi sifatida tanilgan “Bayji”ning bir kunda 70 ming barrel neft ishlab chiqarish faoliyatini boshlatgani qayd etildi.

DEASh terror tashkiloti hujumlari oldidan korxonaning bir kunda 280 ming barrel neft ishlab chiqargani yodga solingan bayonotda, ishlab chiqarish kuchining ortishi uchun ham kerakli faoliyatlarning boshlatilgani ifoda etildi.

Mamlakatning yirik qisminig yoqilgiga bo‘lgan ehtiyojini qondirgan korxona, 2014 - yilning iyun oyida DEASh tomonidan bosib olingandi.

Terroristlar tomonidan vayron qilingan “Bayji”, 2015 - yili Iroq xavfsizlik kuchlari tomonidan takror qaytarib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bayji , #neftni qayta ishlash

Aloqador xabarlar