Turkiya 2020 yili 2199 tonna hamsi balig’i eksport qildi

Bundan tushgan daromad 9 mln 691 ming dollarni tashkil qiladi. Bu miqdor 2019 yilga nisbatan 10.1 foiz ortish demakdir.

1560093
Turkiya 2020 yili 2199 tonna hamsi balig’i eksport qildi

 

Turkiya 2020 yili 28 davlatga 2199 tonna hamsi balig’i eksport qildi.

Bundan tushgan daromad 9 mln 691 ming dollarni tashkil qiladi.

Bu miqdor 2019 yilga nisbatan 10.1 foiz ortish demakdir.

Turkiyadan xorij mamlakatlarga hamsi eksport qilingan davlatlar ro’yxatida Fransiya birinchi o’rinda turadi. 2020 yilda Fransiyaga 3 mln 497 ming 768 dollar qiymatida hamsi eksport qilindi.

Shuningdek, Belgiyaga 3 mln 434 ming 984 dollarlik, Germaniyaga esa, 944 ming 961 dollarlik hamsi eksport qilindi.

Bundan tashqari, Gretsiya, Isroil, Rossiya, Bolgariya, Quvayt, Qozog’iston, Singapur va Hongkong ham Turkiyadan hamsi import qilgan davlatlar ro’yxatidan joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #hamsi balig’i , #Turkiya

Aloqador xabarlar