Ayo Sofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilishiga atab, maxsus tanga bosildi

Ayo Sofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilishiga atab esdalik uchun maxsus tanga bosildi.

1461487
Ayo Sofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilishiga atab, maxsus tanga bosildi

Ayo Sofiya jome’ masjidining takror ibodatga ochilishiga atab esdalik uchun maxsus tanga bosildi.

G‘aznachilik va moliya vazirligi qoshidagi Zarbxona yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 1 Turk lirasining orqa qismida Ayo Sofiya buyuk masjidining rasmi bosilgan va u bugundan e’tiboran bozorga chiqarilgan.

Kollektorlar uchun ochilish marosimiga atab bosilgan tanganing 5 ming donasi kumush, 10 ming donasi esa bronza.

Kumush tangalar 185, bronza tangalar esa 55 Turk lirasidan sotiladi. Uni sertifikatlari bilan birga yuqorida nomi tilga olingan yetakchilikning Istanbulning Beshiktashdagi binosidagi do‘kon va internet orqali, yetakchilik elektron magazinidan xarid qilib olish mumkin.  

G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, “Zarbxonamiz tomonidan bosilgan #AyasofyaCamii maxsus pulimiz orqali tarixga yana bir sahifa ilova etyapmiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar