G’arbiy O’rta yer dengizida 6 oyda 921 million 455 ming 278 dollarlik eskport yo'lga qo'yildi

G’arbiy O’rta yer dengizi Turkiyaning Antaliya, Burdur va Isparta viloyatlarini o'z ichiga oladi.

1229432
G’arbiy O’rta yer dengizida 6 oyda 921 million 455 ming 278 dollarlik eskport yo'lga qo'yildi

G’arbiy O’rta yer dengizida 2019-yilning birinchi yarmida 921 million 455 ming 278 dollarlik eskport yo’lga qo’yildi.

G’arbiy O’rta yer dengizidagi eksportchilar ittifoqi raisi Hakki Bahar mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, mintaqada iyun oyining o’zida eksportning 129 million 552 ming 975 dollarga yetganligini ma’lum qildi.

Shu yilning 1-yanvaridan 30-iyunigacha birinchi o’rinda yangi meva va sabzavotlar ustidan, ikkinchi o’rinda esa kon tarmog’ida eksport yo’lga qo’yilganligini belgilab o’tgan Hakki Bahar,

“Mamlakatning Antaliya, Burdur va Isparta viloyatlarini o’z ichiga olgan G’arbiy O’rta yer dengizidan yilning birinchi yarmida 921 million 455 ming 278 dollarlik eskport yo’lga qo’yildi. Mintaqa eksportining lokomotivi hisoblangan mazkur ikki tarmoqning eksporti, yarim milliard dollarga yetdi. Temir va temirdan boshqa metallar tarmog’i, eksport tarmog’ida eng ko’p tanlangan 5 ta tarmoq ro’yhatiga kiritilar ekan, 65 foizlik eksport ortishi orqali eksportini eng ko’p orttirgan tarmoq bo’ldi” dedi.

Hakki Baharning qayd etihicha eksport eng ko’p avvalgi yillarda bo’lganidek bu yil ham Xitoy Xalq Respublikasi qilindi.



Aloqador xabarlar