Bareiss, “Turkiya bilan energiya, transport va turizm tarmog’idagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega”.

Germaniyaning Iqtisodiyot va energetika vazirligi tomonidan Thomas Bareissning Turkiyaga bo’lgan tashrifi haqida yozma ravishda bayonot berildi.

1217370
Bareiss, “Turkiya bilan energiya, transport va turizm tarmog’idagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega”.

Germaniya Iqtisodiyot va energetika vaziri o’rinbosari Thomas Bareiss

“Turkiya bilan energiya, transport va turizm tarmog’idagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega” dedi.

Germaniyaning Iqtisodiyot va energetika vazirligi tomonidan Thomas Bareissning Turkiyaga bo’lgan tashrifi haqida yozma ravishda bayonot berildi.

Bareissning poytaxt Anqarada turk rasmiylar bilan uchrashuv o’tkazganligi qayd etilgan bayonotda, ularning ko’pchiligining Turkiyadagi nemis shirkatlari uchun investitsiya imkonlari va ayniqsa temir yo’li tarmog’idagi infratuzilmaning kengaytirilishidagi hamkorlik imkonlaridan iborat ekanligi ifoda etildi.

Thomas Bareissning Turkiya-Germaniya energetika forumida Germaniya nomidan faoliyatlar olib borganligi eslatib o’tilgan bayonotda, tashrif chog’idagi uchrashuvlarda energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya loyihalarining qo’lga olinganligi qayd etildi.

Bayonotda, Bareissning, Germaniya Iqtisodiyot va energetika vaziri Peter Altmaier tomonidan Turkiyaning Energetika va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do’nmezning 2019-yilning 23-oktabri kuni poytaxt Berlinda o’tkaziladigan navbatdagi Turkiya-Germaniya Energetika forumiga taklif qilinganligini yetkazganligiga ham o’rin berildi.

Germaniyaning turizm tarmog’idan ham mas’ul bo’lgan Bareissning Anqarada ikkala mamlakat o’rtasidagi turizm masalasida ham uchrashuvlar o’tkazganligi belgilab o’tilgan holda, kelasi dam olish mavsumi bilan turizm munosabatlarining yana-da teranglatilishi haqida fikr almashilganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik haqidagi fikriga o’rin berilgan Bareiss, uchrashuvlarning turk sheriklarining Germaniya va Germaniya shirkatlari bilan bo’lgan hamkorlikka qanchalik ahamiyat berganligining ko’rsatkichi ekanligini belgilab o’tgan holda, “Turkiya bilan energiya, transport va turizm tarmog’idagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega” dedi.

Bareiss, shuning uchun ham Turkiya bilan bo’lgan aloqasini yana-da mustahkamlash niyatida ekanliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar