Turk Mudofaa sanoati bu yil Pokistonda o’tkaziladigan mudofaa sanoati yarmarkasida ishtirok etadi

Turk Mudofaa sanoati bu yil MILGEM va Atak vertolyotini eksport qilish haqidagi shartnomasi ortidan Pokistonda o’tkaziladigan mudofaa sanoati fuarida ishtirok etadi.

1094479
Turk Mudofaa sanoati bu yil Pokistonda o’tkaziladigan mudofaa sanoati yarmarkasida ishtirok etadi

Turk Mudofaa sanoati bu yil MILGEM va Atak vertolyotini eksport qilish haqidagi shartnomasi ortidan Pokistonda o’tkaziladigan mudofaa sanoati yarmarkasida ishtirok etadi.

Pokistonning Karachi shahrida joriy yilning 27-noyabridan boshlab 30-noyabrigacha davom etadigan navbatdagi IDEAS Xalqaro Mudofaa yarmarkasi va seminari, dunyoning bir necha davlati nomidan ishtirok etadigan mudofaa sanoati vakili va oliy darajali delegatsiyasini mehmon qiladi.

Turk Mudofaa sanoati vakillari Pokiston Qurolli kuchlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan IDEAS yarmarkasi chog’ida Pokiston bosh bo’lish bilan birga mintaqa davlatlari va mintaqa yaqinidagi Afrika davlatlarining qurolli kuchlarining modernizatsiyasi va yaxshilanishiga qaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan tanishtirish, ularni bozorga olib chiqish va sotish ishlarini amalga oshiradi.

Yarmarkada Turkiya nomidan Mudofaa sanoati yetakchiligi rahbarligida Mudofaa sanoati eksportchilar uyushmasi bilan birga 25 ta firma ishtirok etadi. Turk Milliy pavilioni uchun qariyb 750 kvadrat metrlik maydondan foydalaniladi.

Yarmarkada Turk Mudofaa sanoati firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli avtomobil platformalari, uchuvchili va uchuvchisiz turli havo vositalari, dengiz, qurol-yaroq va elektronik tizimlar, o’q dorilar, simulyatorlar, harbiy to’qimachilik mahsulotlari, logistika xizmatlarini qo’llab-quvvatlaguvchi mahsulotlar va mudofaa xizmatlari tanishtirilib, bu haqida keng ma’ruza qilinadi.

Turk rasmiy delegatsiyasi shu bilan birga eng avvalo pokistonlik rasmiylar ortidan esa, ishtirokchi davlat delgetsiyalari bilan uchrashuvlar o’tkazadi.



Aloqador xabarlar