Yettilik guruhning oltita a’zosi AQShning yangi bojxona tariflariga qarshi birlashdi

Yettilik guruhi yani G-7 mamlakatlari Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donal Trumpning import qilingan po’lat va alyuminiy uchun yo’lga qo’ygan yangi bojxona to’lovlariga e’tiroz bildirdi.

984681

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega 7 davlatdan tashkil topgan “Yettilik guruhi”ning Kanadaning British Columbia shtatiga qarashli Whistler shahrida 3 kun davom etgan Moliya vazirlari yig’ilishi bugun o’z nihoyasiga yetdi.

Mazkur yig’ilishga yetakchilik qilgan Kanada Moliya vaziri Bill Morneau shu haqida bergan bayonotida, guruhning AQShdan tashqari 6 ta a’zosi bilan Yevropa ittifoqi vakilining, Trumpning AQSh savdosi masalasidagi faoliyatlaridan “tashvishda” ekanligini qayd etdi.

Kanada Moliya vaziri o’z bayonotida shuningdek, Yettilik guruhning oltita a’zosi bilan Yevropa ittifoqining, AQShning yangi bojxona tariflariga qarshi birlashganligini belgilab o’tdi.  

Vashingtondan tariflarning yo’lga qo’yilmasligini talab qilgan Bill Morneau AQSh Moliya vaziri Steven Mnuchindan ham shu yilning 8-9 iyun kunlari Kanadada o’tkaziladigan G-7 Liderlar sammitidan oldin bu haqidagi fikrlarini Donald Trumpga yetkazishini iltimos qildi.

Aloqador xabarlar